Mundarija · 15 boʻlim
  1. Maʼlumotni kim qayta ishlaydi
  2. Qanday maʼlumot yigʻiladi
  3. Nima uchun ishlatiladi
  4. Huquqiy asos
  5. Maʼlumotingizni kim koʻradi
  6. Video himoya belgisi
  7. Uchinchi tomon xizmatlari
  8. Maʼlumotlar qayerda saqlanadi
  9. Cookie va brauzer xotirasi
  10. Qancha vaqt saqlanadi
  11. Xavfsizlik
  12. Bolalar maʼlumoti
  13. Sizning huquqlaringiz
  14. Siyosat oʻzgarishi
  15. Aloqa

Maxfiylik siyosati

Oxirgi tahrir: 1-oktabr, 2026

Bu hujjat ilmlan qanday shaxsiy maʼlumot yigʻishini, nima uchun ishlatishini, kimga koʻrsatishini va qancha saqlashini tushuntiradi. Uni sodda tilda yozdik. Platformadan foydalanish qoidalari — Foydalanish shartlarida.

1. Maʼlumotni kim qayta ishlaydi

Maʼlumotlarni ilm.im taʼlim ekotizimi operatori qayta ishlaydi. ilmlan — shu ekotizimning bir qismi va bitta ilm.im hisobidan foydalanadi. Aloqa: support@ilm.im

Maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasining shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisidagi qonunchiligiga muvofiq qayta ishlanadi.

2. Qanday maʼlumot yigʻiladi

2.1. Siz beradigan maʼlumot

MaʼlumotQachon
Ism / username, elektron pochta, parolRoʻyxatdan oʻtishda
Google akkaunt maʼlumoti (ism, pochta, rasm)Google orqali kirganda — ixtiyoriy
Profil rasmi va qoʻshimcha maʼlumotlarProfilni toʻldirganda — ixtiyoriy
Telefon raqam (SMS kod bilan tasdiqlanadi), dars mavzusi, qulay vaqtUstoz bilan darsga bron yoki guruh oqimiga yozilish yuborganda
Savollar, izohlar, kurs sharhlari va baholarUlarni yozganingizda

2.2. Oʻqish jarayonida hosil boʻladigan maʼlumot

  • Yozilgan kurslar, tugatilgan darslar, kurs progressi, Nur ballari va seriya (streak).
  • Video qayerda toʻxtagani (pozitsiya), qurilma turi (telefon / planshet / kompyuter) va vaqti — boshqa qurilmada shu joydan davom ettirish uchun.
  • Oʻqish vaqti (video haqiqatan oʻynagan daqiqalar) — kunlik maqsad uchun.
  • Darsni birinchi ochgan vaqt — «darsni tugatish» qoidasi uchun.

2.3. Texnik maʼlumot

  • IP manzil, brauzer va qurilma turi, operatsion tizim.
  • Kirishlar va dars videosini ochish soʻrovlari jurnali — xavfsizlik va suiisteʼmolni aniqlash uchun.
  • Xatolik maʼlumotlari.
Biz yigʻmaydigan narsalar: bank kartasi raqami va CVV (toʻlov ishga tushganda ular toʻliq toʻlov tizimi tomonida qoladi), aniq geolokatsiya, kontaktlar roʻyxati, qurilmangizdagi fayllar. Ekraningizni yoki kamerangizni yozib olmaymiz.

3. Nima uchun ishlatiladi

  • Xizmatni koʻrsatish: akkaunt, kurslarga kirish, video, progress, bronlar.
  • Shaxsiylashtirish: sizga mos kurslar, «davom ettirish», kunlik maqsad.
  • Aloqa: tasdiqlash kodlari, bron holati, muhim xabarlar.
  • Kontentni himoya qilish: pullik videolardagi shaxsiy belgi, ruxsatsiz tarqatishni aniqlash.
  • Xavfsizlik: akkauntni birgalikda ishlatish, avtomatik hujum va suiisteʼmolning oldini olish.
  • Yaxshilash: qaysi funksiya ishlatilishini tushunish — anonimlashtirilgan holda.

Maʼlumotlaringizni sotmaymiz va reklama maqsadida uchinchi shaxslarga bermaymiz.

4. Huquqiy asos

  • Shartnomani bajarish — akkaunt, kurslar, video, bron.
  • Sizning roziligingiz — roʻyxatdan oʻtish va kirishda berilgan rozilik, ixtiyoriy maydonlar. Rozilikni qaytarib olish uchun akkauntni oʻchirishingiz yoki bizga yozishingiz mumkin.
  • Qonuniy manfaat — xavfsizlik, mualliflik huquqini himoya qilish, xizmat sifati.
  • Qonun talabi — vakolatli organlarning qonuniy soʻrovlari, buxgalteriya hujjatlari.

5. Maʼlumotingizni kim koʻradi

  • Ustoz — oʻz kursiga yozilgan oʻquvchilarning ismi, kursdagi progressi, savollari va sharhlari; bron yuborganingizda — bron maʼlumotlari.
  • Boshqa foydalanuvchilar — siz yozgan savol, izoh va sharhlar ismingiz bilan.
  • Oʻquv markaz — faqat uning guruh oqimiga yozilsangiz, shu yozilish maʼlumoti.
  • Biz — faqat vazifa uchun zarur boʻlgan hajmda, cheklangan xodimlar.

6. Video himoya belgisi

Pullik kurs videosi ustida akkauntingizga biriktirilgan qisqa, takrorlanmas kod koʻrinadi (masalan, K7M2QX). Unda ism, pochta yoki telefon yoʻq — kodni akkaunt bilan faqat biz bogʻlay olamiz.

  • Belgi sizning qurilmangizda chiziladi va faqat sizga koʻrinadi.
  • Kod bir marta yaratiladi va akkauntingizga bogʻlanadi; boshqa maʼlumot yigʻilmaydi.
  • Video ruxsatsiz tarqatilsa, belgi orqali akkaunt aniqlanadi va Foydalanish shartlarining 7-boʻlimi qoʻllaniladi.

7. Uchinchi tomon xizmatlari

XizmatNima uchun
VercelSaytni joylashtirish (hosting)
Supabase (PostgreSQL)Maʼlumotlar bazasi
Bunny.net (Bunny Stream)Dars videolarini saqlash, qayta kodlash va uzatish. Video koʻrganingizda IP manzilingiz va video soʻrovlari Bunny serverlariga boradi.
Cloudflare R2Rasm va fayllarni saqlash
ResendElektron pochta yuborish
Eskiz (SMS)Telefon raqamini tasdiqlash kodi (bron va guruh oqimi uchun)
Google OAuthGoogle orqali kirish — ixtiyoriy

Har bir xizmatga faqat oʻz vazifasi uchun zarur maʼlumot beriladi.

8. Maʼlumotlar qayerda saqlanadi

Yuqoridagi xizmatlarning serverlari Oʻzbekistondan tashqarida joylashgan boʻlishi mumkin. Maʼlumotlar uzatishda shifrlanadi va faqat shu siyosatda yozilgan maqsadlarda ishlatiladi.

10. Qancha vaqt saqlanadi

MaʼlumotMuddat
Akkaunt, kurslar, progress, video pozitsiyasiAkkaunt oʻchirilgunga qadar
Savol, izoh va sharhlarOʻzingiz oʻchirgunga yoki akkaunt oʻchirilgunga qadar
Shartlarga rozilik qaydiAkkaunt oʻchirilgandan keyin ham qonun talab qilgan muddatgacha (nizo boʻlsa dalil sifatida)
Texnik jurnallar90 kungacha

11. Xavfsizlik

  • Barcha aloqa HTTPS orqali shifrlanadi.
  • Parollar ochiq holda saqlanmaydi — faqat qaytarib boʻlmaydigan hash koʻrinishida.
  • Video havolalari vaqtinchalik va imzolangan — ularni koʻchirib boshqaga berib boʻlmaydi.
  • Maʼlumotlar bazasiga kirish cheklangan va nazorat qilinadi.

Internetda mutlaq xavfsizlik yoʻq. Maʼlumot sizib chiqsa, taʼsirlangan foydalanuvchilarni va vakolatli organni qonun talab qilgan muddatda xabardor qilamiz.

12. Bolalar maʼlumoti

16 yoshgacha boʻlgan shaxs xizmatdan faqat ota-onasi yoki qonuniy vakili roziligi bilan foydalanadi. Roziliksiz yigʻilgan maʼlumotni bilsak, uni oʻchiramiz.

13. Sizning huquqlaringiz

  • Bilish — sizda qanday maʼlumot borligini soʻrash.
  • Tuzatish — notoʻgʻri maʼlumotni oʻzgartirish (koʻpini «Profilim» da oʻzingiz qilasiz).
  • Oʻchirish — akkauntni «Profilim» sahifasidan oʻchirish. Bu butun ilm.im hisobini oʻchiradi.
  • Roziligni qaytarib olish — ixtiyoriy maʼlumotlar boʻyicha.

Soʻrov: support@ilm.im — odatda 3 ish kuni ichida javob beramiz.

14. Siyosat oʻzgarishi

Muhim oʻzgarishlar kuchga kirishidan kamida 7 kun oldin eʼlon qilinadi va keyingi kirishda rozilik qayta soʻraladi.

15. Aloqa

support@ilm.im